Biror veb-sayt yoki dasturda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda, balki shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldirishingiz kerak bo‘lganda, ism-familiya yoziladigan maydonda John Doe ismini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Hech bo‘lmasa bir marta “Kim ekan bu?” deb o‘ylagan bo‘lishingiz ham mumkin. Hozir shu ism haqida biroz mushohada qilamiz.

Xullas, John Doe ingliz huquq tizimidan kelib chiqqan shartli ism hisoblanadi. Dastlab sud ishlarida shartli tomonlarni ifodalash uchun ishlatilgan bu ism keyinchalik AQSHda ham ommalashgan. U yerda shaxsi noma’lum erkaklar John Doe, ayollar esa Jane Doe deb ataladi.

Internet rivojlanishi bilan bu ism veb-sayt va dasturlarga ham kirib kelgan. Xususan, ism-familiya so‘raladigan maydonlarda John Doe namunaviy ism sifatida ishlatila boshlangan. Bundan maqsad foydalanuvchiga ushbu maydonga o‘z ismini kiritishi kerakligini ko‘rsatish bo‘lgan. Xullas, John Doe bu oʻzimizdagi Falonchi Pistonchiyevning inglizcha talqini.

Ishqilib, shu bilan bugunga nimadir keraksiz bilim olish limitingizni ishlatdingiz, endi boshqa foydali nimadir oʻrganishingiz mumkin (:

@hisperspective