Xullas, Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Davr Bankning 51 foiz ulushini 140 million dollarga sotib oldi. Shu tariqa, ABB Davr bankning nazorat paketiga egalik qiladigan bo‘ldi. Endilikda Davr Bank nomi ABB Davr deb o‘zgartirilishi kutilmoqda.

Ozarbayjon Xalqaro banki uchun bu bitim mamlakat tashqarisidagi ilk yirik investitsiya bo‘libdi. Davr Bank esa yangi strategik investor orqali keyingi rivojlanishi uchun qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Ipoteka bank OTP Group tarkibiga qo‘shilgach, faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilib, daromadga chiqqani kabi, Davr Bank ham yangi investor bilan bozordagi yirik o‘yinchilardan biriga aylansa kerak, *menimcha.

Ishqilib, bank-moliya sektorida ajib ishlar boʻlmoqda. Kuzatamiz.

@hisperspective