Anchadan buyon Google Gemini obunasi o‘zbekistonlik talabalar uchun bepul taqdim etilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu imkoniyatni taqdim etayotgan aileaders.uz platformasini oʻrganib chiqsam o‘zbekistonliklar uchun bir-biridan qiziqarli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etarkan.

Masalan, platforma orqali AWS Academy’ning 21 ta, Oracle’ning 45 ta va Huawei’ning 24 ta kursida bepul yoki chegirmali narxlarda tahsil olish mumkin. Kurslar muntazam yangilanib borishi va mehnat bozoridagi real ehtiyojlarga yo‘naltirilganini hisobga olsak, ulardan foydalanish, menimcha, ayni muddao.

Ayniqsa, ingliz tilini biladigan yoshlar soni ortib borayotgan O‘zbekiston jamiyati uchun bunday xalqaro ta’lim resurslari juda foydali, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Agar biror do‘stingiz yoki tanishingiz talabgir sohalardan birini o‘rganishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, falon pulga kurslarga qatnamasdan, uyda turib mustaqil bilim olishi uchun ushbu postni unga yuboring.

Ishqilib, o‘qish-o‘rganish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaning. Doimo yuksaling.

@hisperspective