Ijtimoiy tarmoqlarda Beshqozon osh markazining filiallaridagi peshlavhalar “To‘rtqozon” nomiga almashtirilayotgani aks etgan video va suratlar keng tarqalmoqda. Bunga sabab nima? Keling, bir taxmin qilib ko‘ramiz.
Beshqozon 1999-yildan buyon Toshkentda faoliyat yuritayotgan, ko‘pchilikka tanish osh markazlaridan biri. Brend nomi yillar davomida shakllanganini hisobga olsak, uni birdaniga o‘zgartirish biroz g‘alati. Ammo “To‘rtqozon” nomi nimaga ishora qilayotgani qiziq.
Chunki barcha filiallar peshlavhasidagi beshni to‘rtga almashtirish, menimcha, yaxshilab hisob-kitob qilingan strategik qaror. Bo‘lmasa, biznesga nima zaril bekorga pul sarflab?
Balki “To‘rtqozon” ayni paytda faoliyat yuritayotgan to‘rtta filialga ishoradir va tez orada beshinchi filial ochilishi e’lon qilinar. Yoki beshinchi qozon sifatida yangi mahsulot taqdim etilar. Xullas, hozircha bularning barchasi taxmin.
Ammo, odamlar bu jarayonni o‘zlari suratga olib, muhokama qilib, boshqalarga ulashyapti. Ya’ni brend atrofida tabiiy ravishda shov-shuv yuzaga kelmoqda. Buni esa tekin tarqalayotgan UGC reklama desak ham bo‘ladi.
Ishqilib, kimdir soqqa qvotti.