So‘nggi bir hafta internetda katta shovqin ko‘tarildiki, odamlar bu davrni “qora oktabr” deb atashyapti. Xullas, oxirgi bir necha kun ichida turli platformalarda xavfsizlik muammolari sunʼiy intellekt modellari va xakerlar tomonidan aniqlangan, keng qo‘llaniladigan dasturlarda kritik zaifliklar topilgan.

Eng jiddiy muammolardan biri PHP2Shell hisoblanadi. Bunda gap PHP interpretatorida aniqlangani aytilayotgan ikkita zaiflik haqida ketmoqda. Xabarlarga ko‘ra, zaifliklar sabab muayyan sharoitlarda serverda avtorizatsiyasiz kodni ishga tushirish mumkin. Muammo PHP 5.4 dan boshlab ko‘plab versiyalarga taalluqli ekani aytilmoqda.

Dunyoda ko‘plab sayt va xizmatlar PHP asosida ishlaydi. Shu bois, bu zaiflik ortidan keladigan muammo va yoʻqotishlar barchaga taʼsir etmogʻi mumkin. Ayniqsa, o‘lkamizdagi tizimlarning katta qismi PHP’da qurilganini inobatga olsak, bu biz uchun ham katastrofik muammo demakdir.

Ishqilib, alg‘ov-dalg‘ov zamonlardamiz-e. O‘zi asrasin.

@hisperspective