Uyga qaytar ekanman shu suratdagi oilani koʻrib oʻyladim. Hayotda rivojlanar, yashar ekanman doimo oʻzimdan qoniqmaslik hissi meni chulgʻab olgan. Step by step turmush tarzim yaxshilanar.

Ammo, nimadandir norozi. Xuddi nimadir kamdek tuyular, tushunmasdim oʻzimni. Ba’zida Forest Gump misoli kilometrlarb piyoda yurib nima xohlashimni izlardim. Natija esa doimgidek tushunmaslik boʻlib chiqardi.

Kunlardan bir kun esa hayot men izlagan savolga taqdirimning nurli quyoshi ila javob berdi. Hayotimdagi moʻjiza, ushbu porloq nurim ila oʻzimni toʻliq his etishni boshladim. Ilgari oʻzimda, tanamda, xayollarimda his etgan barcha tushunarsizliklar yechildi. Baxt nimaligini tushundim.

Qalbim, butun shuurim halovat neligini bildi. Men nurim ila hayotning rangin taftini his etishni boshladim va qarabsizki orzularimizla xohlagan kelajagimizni barpo etmoq mening, bizning maqsad-u, niyatlarimizga bogʻlandi.

Birga, birlikda, sevgi ila har lahzamizla totliroq yashamoq uchun bir-birimizga kuch, ishonch, mehr va albatta muhabbat baxsh etmoqla hayot totli, toʻliq ekanini his etmoqdaman.

Bilmadim, bu fikrlarni nega yozyapman oʻzi ammo, ba’zida texnologiyalar olamidan chetda oʻtgan, oʻtayotgan, oʻtadigan umrim haqida oʻylash. Oʻtgan va oʻtayotgan lahzalarga shukr, oʻtadiganiga esa pok niyat qilishla hayot munavvar ekanligini eslatmoqchi boʻldim balki.

Ishqilib, oʻziga ming shukr.

@hisperspective