Bu haqda Uzum Bank xabar bermoqda. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, Apple Pay ishga tushirilganidan keyingi dastlabki 24 soat ichida 142 ming nafar mijoz o‘z kartasini Apple Wallet’ga qo‘shgan va servis orqali jami 2,8 mlrd so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan. Shundan takroriy to‘lovlar ulushi 48,3 foizni tashkil etibdi.
Foydalanuvchilar asosan jamoat transporti, oziq-ovqat do‘konlari, restoran va kafelarda to‘lov qilishgan. Eng katta chek 8,4 mln so‘m bo‘lgan. Apple Pay aksiyasining dastlabki 24 soati davomida Uzum Bank mijozlari 1,2 mlrd so‘m keshbek olishibdi.
Ishqilib, o‘zbekistonliklarda ham pul ko‘p. Kamtar, boy xalqmiz.