Qizig‘i, bu yigit xakerlikni YouTube orqali o‘rgangan. U 31-avgustdan 13-oktabrgacha bo‘lgan 44 kun davomida sun’iy intellekt yordamida kiberhujumlar uyushtirgani aytilmoqda.
Natijada 60 ta kompaniya tizimiga ruxsatsiz kirib, 8,2 mlnta shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng kompaniyalarni ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ulardan jami $270 ming talab qilgan. Eng rasvo tomoni amalda bor-yo‘g‘i $210 undira olgan.
Xabarlarga ko‘ra, hujumlarda Artex nomli tizimdan foydalanilgan. Uning asosida qaysi sun’iy intellekt modellari ishlagani esa hozircha aniq emas.
Ishqilib, endi xakerimizni 10 yilgacha qamoq jazosi va $40 minggacha jarima kutayotgani aytilmoqda.