Sizlar bilan so‘nggi vaqtlarda bir qancha so‘rovnomalar o‘tkazdik. Ularda asosan sizlarning miyangizda men xohlagan javobni tanlashga moyillik shakllantirishga urinib ko‘rdim. Qaysidir ma’noda buni uddaladim ham deb o‘ylayman.

Chunki kecha o‘tkazilgan “dori ichiladimi yoki yeyiladimi?” nomli, o‘ta “ilmiy” so‘rovnomada qatnashgan 211 nafar respondentning 73 foizi, ya’ni 155 nafari men kutgan javobni belgiladi. Nazarimda, ularning aksariyati savolning mohiyati haqida chuqur o‘ylab ham o‘tirmagan.

Ya’ni ayrim insonlar aniq faktdan ko‘ra, men yo‘naltirayotgan tomonda bo‘lishni afzal ko‘rishni boshlagan. Ular uchun men nima istaganim qiziq va ularga shu narsa dofomin beradi. Buni qaysidir maʼnoda auditoriya loyalligining bir ko‘rinishi desak ham boʻladi.

Ishqilib, barchangizni qadrlayman. Sizlar bilan hali koʻp narsa oʻrganamiz :)

@hisperspective