Dunyoning bir tomonida IMAN, IMarat degan kompaniyalar atrofida muammolar girdobi shakllanayotgan bir paytda, boshqa tomonida NVIDIA ham o‘z rahbari bilan bog‘liq gap-so‘zlar sabab muammolar ummoniga sho‘ng‘iyotganga o‘xshaydi.
Oʻqiganlarimga ko‘ra, kompaniya rahbari Jensen Huang Xitoy razvedkachisi bilan nikohdan tashqari munosabatda bo‘lgan. Shu sabab, NVIDIA’ning strategik texnologiyalari xavfsizligi yuzasidan odamlarda savollar tug‘ilmoqda.
Qizig‘i, Jensen turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilganini tan olib, oilasidan uzr so‘ragani ham iddao qilinmoqda. Xuddi bu uzr endi nimanidir hal qiladigandek.
Ishqilib, algʻov-dalgʻov zamonlarda yashayapmiz. Bugunga keraksiz bilimlar limitini ishlatdik endi foydali nimadir bilan shugʻillanamiz birodarlar.