Kecha, Kiberxavfsizlik sohasining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Infoblox o‘z ma’lumotlariga xakerlar ruxsatsiz kirganini tasdiqlabdi. Qizig‘i, xakerlar kompaniyaning texnologik hamkorlaridan biri orqali Infoblox’ning ichki ma’lumotlariga kirishga muvaffaq bo‘lishgan ekan.

Qolaversa, bugun AQSH texnologik sektorida ham bir qancha kiberhujumlar kuzatildi. Amerikaning yetakchi banklarida ayrim tizimlar qisman yoki butunlay ishlamay qolgan.

Kulgulisi, oxirgi ikki haftadan buyon mening shaxsiy blogimni ham buzishga, serverga ortiqcha yuklama berib, saytni ishdan chiqarishga urinishlar bo‘lyapti. Kecha serverim 99% yuklamada ishladi. Serverimni qiynamasdan, o‘zimga aytishsa, root parolini berardim :)

Ishqilib, sun’iy intellekt davrida kiberxavfsizlik o‘ta va o‘ta muhim bo‘lib qoldi.

@hisperspective